07:46 / 17.04.2021
1451
17 aprel kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi 
Foto: KUN.UZ

17 aprelda kunduz kuni respublika bo‘yicha havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 22-27 daraja issiqqacha, janubda va cho‘l hududlarida 30 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 24-26 daraja issiqni tashkil etadi.

Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

Top