19:00 / 17.04.2021
11680
Aprel oxirigacha «Sputnik V» vaksinasini ham olib kelamiz - Abdulla Aripov

Aprel oyi oxirigacha O‘zbekistonga «Sputnik V» vaksinasining ilk partiyasi olib kelinadi. U 300 ming dozadan iborat bo‘ladi.

Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov 17 aprel kuni Maxsus komissiyaning kengaytirilgan yig‘ilishida ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Bosh vazirga ko‘ra, aprel oxirigacha o‘zbek-xitoy vaksinasidan yana 1 mln doza keltirilishi ham kutilmoqda.

«Bu bo‘yicha shartnoma qilingan, puli to‘langan, hatto samolyot reyslarigacha hammasi belgilangan. May oyida esa AstraZeneca'ning keyingi partiyasi kelishi mo‘ljallangan», dedi Abdulla Aripov.

Ma'lumot uchun, «Sputnik V» vaksinasi O‘zbekistonda fevral oyi o‘rtalarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

  • Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni Toshkentga Covid-19’ga qarshi AstraZeneca (CoviShield ) vaksinasining birinchi partiyasi – 660 ming doza olib kelingandi. 27 mart kuni Xitoydan yana bir partiya – 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltirildi.
  • May-iyun oylarida 2 million doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 million doza ZF-UZ-VAK2001 vaksinalari olib kelinishi ma'lum qilingan.
  • Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, ayni paytda mamlakatda kuniga 50-60 ming kishi koronavirusga qarshi emlanmoqda. 1-16 aprel oralig‘ida 369,9 ming kishi ixtiyoriy ravishda vaksina olgan.
Top