20:35 / 17.04.2021
7760
Bloomberg AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga tayyorligini ma'lum qildi

Agar AQSh Rossiya hakerlik hujumlarini to‘xtatmadi va Amerika siyosatiga aralashishda davom etmoqda deb hisoblasa, ushbu chora joriy etiladi.

AQSh ma'muriyati ushbu haftada Rossiyaga qarshi sanksiyalar ta'sirini baholaydi va Moskvaning yangi tajovuzkor harakatlaridan kelib chiqib, qo‘shimcha choralar qabul qilishga tayyor. Bu haqda Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.

Agentlikning ma'lumot berishicha, Rossiyaning qarz qog‘ozlariga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishi mumkin: AQSh kompaniyalariga ikkilamchi bozorda ham ularni sotib olish taqiqlanishi ehtimoli bor.

Ta'kidlanishicha, agar AQSh Rossiya hakerlik hujumlarini to‘xtatmadi va Amerika siyosatiga aralashishda davom etmoqda deb hisoblasa, ushbu chora joriy etiladi.

15 aprel kuni AQSh moliya vazirligi Rossiya davlat qarzlariga nisbatan sanksiyalar kiritilganini e'lon qildi: 14 iyundan keyin Amerika moliya institutlari birlamchi bozordan Rossiyaning rubldagi federal obligatsiyalarini sotib olishi mumkin emas.

Top