17:16 / 17.04.2021
4807
Fuqaro yarim kilodan ortiq zargarlik buyumlarini «yashil» yo‘lakdan olib kirmoqchi bo‘ldi

Bojxona organlari tomonidan O‘zbekistonga yashirin yo‘llar bilan qimmatbaho metall hamda qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini olib kirishga bo‘lgan urinishlarning yana biriga chek qo‘yildi. 

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Xususan, Toshkent xalqaro aeroportiga xorijdan uchib kelib, «yashil» yo‘lak orqali harakatlangan fuqaro U.Z.ning yuklari tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, yuklar orasida bojxona nazoratiga taqdim etilmagan va jismoniy shaxslar uchun belgilangan bojxona to‘lovlarisiz olib kirish me'yoridan ortiq bo‘lgan 560 gramm oq va sariq qimmatbaho metalldan yasalgan zargarlik buyumlari borligi aniqlandi.

Hozirda holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Top