10:40 / 17.04.2021
50129
«Prezident respublika maxsus komissiyasiga e'tiroz bildirdi» - Bosh vazir

Bugun, 17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

“Respublikamizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning soni jami 86 ming kishidan ortiqni tashkil etmoqda. Ulardan 636 nafari vafot etdi. Oxirgi sutkada kasallanganlar soni 300 nafardan oshdi. Shuning uchun ham komissiya yig‘ilishini favqulodda o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qildik.

Hurmatli prezidentimiz hozirgi pandemik holatdan bezovta bo‘lib, respublika maxsus komissiyasiga ham e'tiroz bildirdilar. Shuningdek, davlat rahbari joylarda karantin tadbirlarini tashkil etishda tegishli choralar ko‘rilmayotgani to‘g‘risida juda qattiq bezovta bo‘lib aytdilar”, dedi bosh vazir. 

Avvalroq, Abdulla Aripov O‘zbekistonga “afrikacha” shtamm ham kirib kelganini ma'lum qilgandi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top