00:19 / 17.04.2021
12330

Raul Kastro Kuba kompartiyasi rahbarligidan ketishini e'lon qildi

Foto: Getty Images

Kuba kommunistik partiyasi birinchi kotibi Raul Kastro iste'foga chiqadi. Bu haqda siyosatchi Gavanada o‘tgan partiyaning sakkizinchi s'yezdida e'lon qilgan.

Raul Kastro iste'foga chiqishini e'lon qilar ekan hukumatni tayyorlangan kadrlarga topshirayotganidan xursandligini ma'lum qilgan. Kastro hukumatni topshirish borasida hujjatni imzolagan. Uning o‘rnini vazirlar mahkamasi raisi Migel Dias Kanel egallaydi. 89 yoshli Kastro iste'foga chiqishi haqida g‘arb OAVsida oldinroq xabarlar paydo bo‘lgandi.

Raul Kastro Kubani 1959 yilgi revolyutsiyadan keyin boshqargan Fidel Kastroning ukasi hisoblanadi. Raul Kastro 2006 yildan buyon Kubani boshqarib kelayotgandi. U 2018 yilgacha mamlakatning oliy boshqaruvchisi bo‘lgan va o‘shandan buyon mamlakat rahbari vazifasini Migel Dias bajarib keladi. Shu tariqa Kastrolar oilasining Kubadagi 62 yillik epoxasi tugadi.

Mavzuga oid
Top