18:30 / 17.04.2021
14194
Shvarsenegger Tayson bilan kuch sinashdi

Sobiq bodibilder va bokschi yakkakurash emas, golf va shaxmatda kuch sinashgan. 

Hollivud aktyori Arnold Shvarsenegger Kaliforniyadagi uyida boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson va olimpiya chempioni Henri Sehudo bilan uchrashdi. UFC chempioni Sehudo uchrashuv tasvirlangan lavhalarni Instagram sahifasiga joylashtirdi. 

Tasvirlar orasida Shvarsenegger va Tayson bellashuvi aks etgan videolavha ham bor. Ammo sobiq bodibilder va bokschi yakkakurash emas, golf va shaxmatda kuch sinashgan. 

«O‘zimga o‘xshagan insonning uyiga taklif etilish men uchun katta sharaf. Arnold Shvarsenegger, sen — Amerika orzusisan», — deb yozgan Sehudo.

Shvarsenegger — taniqli aktyor, sobiq bodibilder va Kaliforniya shtatining sobiq gubernatori. U haligacha aktyorlik faoliyatini davom ettirmoqda.

Top