16:00 / 17.04.2021
6098
Reklama

“SQB Securities” to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilishning yangi yo‘nalishlarini amalga tatbiq qilmoqda

Foto: O‘zsanoatqurilishbank

Bugun, joriy yilning 17 aprel kuni “O‘zsanoatqurilishbank” ATB qoshida tashkil etilgan “SQB Securities” kompaniyasi tomonidan tadbirkorlik sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijalari bilan tanishtirish, shuningdek, kompaniya faoliyati to‘g‘risida jamoatchilikka ma'lumot berish maqsadida Toshkent shahridagi ishlab chiqarish obektlariga press-tur uyushtirildi.

Prezidentimizning 2020 yil 29 dekabrda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida iqtisodiy o‘sishga, avvalo, raqobatbardosh sanoat zanjirlarini yaratish hamda bunday loyihalarga investitsiyalarni ko‘paytirish orqali erishilishini ta'kidlab, investitsiya siyosatini yuritishda davlat ishtirokini pasaytirish hamda xususiy va to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar ulushini oshirish lozimligini qayd etgan edi.

“SQB Securities” investitsiya kompaniyasi bugungi kunda kapital bozorida turli innovatsion yechimlar, mahsulot va xizmatlarni tatbiq etib, yirik sanoat korxonalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining xalqaro moliya bozoriga chiqishiga ko‘maklashmoqda.

Investitsion vositachi, konsultant, shuningdek, investitsion aktivlarning ishonchli boshqaruvchisi sifatida kompaniya ham mahalliy, ham xalqaro moliya institutlari bilan investitsiya-bank sohasida sherikchilik aloqalarini mustahkamlamoqda.

Bu, o‘z navbatida, mamlakatimizda ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun global hamkorlik platformasida, maslahatlar, aktivlarni boshqarish, investitsiyaviy bitimlar va boshqa operatsiyalarni amalga oshirishda strategik hamkorlikni ta'minlashga xizmat qilmoqda.

Respublikamizdagi yirik farmatsevtika ishlab chiqaruvchilaridan biri – “Nika pharm” mas'uliyati cheklangan jamiyati bugungi kunda “SQB Securities” ko‘magida ana shunday imkoniyatga ega bo‘lgan korxonalar sirasiga kiradi.

Unga investitsiya kompaniyasi sa'y-harakatlari bilan Osiyo taraqqiyot bankidan mablag‘ jalb qilindi. Ushbu mablag‘ hisobiga korxonaning “Covid19” kasalligini davolashda qo‘llanilayotgan 20ga yaqin turdagi dori vositalarini ishlab chiqarishni kengaytirishga doir loyihasi moliyalashtirildi.

Bundan tashqari, korxonaning OTB tekshiruvidan muvaffaqiyatli o‘tib, mijoziga aylanishi uning nafaqat arzon resursdan foydalanishini ta'minladi, balki boshqa nufuzli xalqaro moliya muassasalar nazariga tushib, kelgusida yana jahon kapital bozoridan to‘g‘ridan to‘g‘ri sarmoya olishiga keng yo‘l ochdi.

Ta'kidlash joizki, “SQB Securities” investitsiya kompaniyasi, shuningdek Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Islom taraqqiyot banki (ITB) kabi boshqa xalqaro moliya tashkilotlari hamda jamg‘armalardan qarz yoki ulush ko‘rinishida moliyalashtirishni jalb etib, korxonalarning moliyaviy salohiyatini oshirishga har tomonlama yordam ko‘rsatadi.

Jumladan, 2020 yilda kompaniya YeTTB bilan hamkorlikda Xorazm viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida kichik va o‘rta biznesga moliyaviy vositalardan to‘g‘ri va unumli foydalanishda konsalting xizmatlarini ko‘rsatib, maxsus dasturlar asosida treninglar o‘tkazdi.

Joriy yilda esa, ITB guruhiga kiruvchi Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan O‘zbekistonga Islom moliyasini olib kirish va rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik memorandumini imzolab, birgalikda xususiy sektordagi korxonalar bilan muzokaralar olib bormoqda.

Press-tur davomida OAV xodimlari “Nika pharm” korxonasining yangi quvvatdagi ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishishdi. “SQB Securities” investitsiya kompaniyasi vakillari yaqin istiqboldagi rejalar xususida o‘rtoqlashishdi.

Ma'lumot uchun. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB qoshida tashkil etilgan “SQB Securities” investitsiya kompaniyasi Toshkent fond birjasida sotiladigan aksiyalar va obligatsiyalarni targ‘ib qilish va sotish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Kapital bozorini rivojlantirish agentligining litsenziyasiga ega.

O‘z faoliyatini 2020 yil mart oyida boshlagan kompaniya, shuningdek investitsion banking, korporativ boshqaruvni amalga oshirish, modernizatsiya qilish va qo‘llab-quvvatlash, investitsion aktivlarini ishonchli boshqarish, loyihalarni moliyalashtirish hamda birlashtirilgan moliyalashtirish turlarini tashkil etish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi.

Bank Axborot xizmati​​​​​​

Mavzuga oid
Top