02:48 / 18.04.2021
11809
«Atletik» darvozasiga 4 ta gol urgan «Barselona» Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi
Foto: Twitter/FCBarcelona

Ispaniya Kubogida final o‘yini yakunlandi. Sevilyada o‘tgan hal qiluvchi o‘yinda «Barselona» Bilbaoning «Atletik» jamoasini 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Lionel Messi ikkita gol urgan bo‘lsa, Grizmann hamda De Yong bittadan golga muallif bo‘lishdi.

Shu tariqa «Barselona» 31-marta Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritdi. Bu borada Kataloniya klubi yaqqol yetakchi hisoblanadi. «Barselona» 2018/19 yilgi mavsumdan buyon ilk sovrinini qo‘lga kiritganini ham ta'kidlash kerak. Finalda dublga erishgan Lionel Messi esa klub safida ketma-ket 13-mavsumda kamida 30 ta gol urdi.

Ma'lumot uchun, «Atletik» 13 kun ichida ikkinchi marta Ispaniya Kubogi finalida mag‘lub bo‘ldi. 3 aprel kuni «Atletik» pandemiya sabab kech o‘tkazilgan 2020 yilgi kubok finalida «Real Sosedad»ga mag‘lub bo‘lgandi.

Ispaniya Kubogi, Final

Atletik Bilbao – Barselona 0:4

Gollar: Grizmann (60), de Yong (63), Messi (68, 72).
Atletik: Unai Simon, De Markos, Yyeray Alvares (Nunes, 67), Martines, Balensiaga, Raul Garsiya, Unai Lopes (Berchiche, 67), Berenger (Vesga, 54), Dani Garsiya, Muniain (Lekue, 46), Uilyams (Vilyalibre, 67).
Barselona: ter Stegen, Alba, Mingesa (Breytueyt, 87), Pike (Arauxo, 82), Dest (Serdji Roberto, 74), Buskets, de Yong, Pedri (Moriba, 81), Langle, Grizmann (Dembele, 88), Messi.

Top