13:15 / 18.04.2021
10684
O‘zbekistonda 19 aprel kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma'lum qilindi

«O‘zgidromet» 19 aprel, dushanba kuni qanday ob-havo kuzatilishini ma'lum qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi, ba'zi joylarda 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.

Top