10:06 / 19.04.2021
477
Buxoroda yana 2 ta bolalar bog‘chasi foydalanishga topshirildi

Buxoro viloyatining Kogon shahri va Vobkent tumanida 150 o‘rinli ikkita maktabgacha ta'lim tashkilotlari ish boshladi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, Kogon shahrining «Istiqlol» MFYda foydalanishga topshirilgan 11-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti 150 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, muassasa qurilishiga 2 milliard 668 million so‘m mablag‘ sarflangan.

Shuningdek, Vobkent tumanidagi «Kosari» MFY Rosbadan qishlog‘ida 2019 yilda «Obod qishloq» davlat dasturiga muvofiq qurilishi boshlangan 2-son davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti ham faoliyatini boshladi. Mazkur bolalar bog‘chaning qurilishiga 2 milliard 700 million so‘m sarflangani ma'lum qilingan.

Vobkent tumani hokimi Farhod Umarov 2021 yil yakuniga qadar tumanda maktabgacha ta'lim tashkilotiga qamrov 75 foizga yetkazilishini ma'lum qilgan.

Avvalroq viloyatining Jondor va Kogon tumanlarida 120 hamda 90 o‘rinli maktabgacha ta'lim tashkilotlari ish boshlagandi

Top