21:53 / 19.04.2021
7459

Chexiya tashqi ishlar vaziri Yevropa mamlakatlarini rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishga chaqirdi

17 aprelda rasmiy Praga rossiyalik 18 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qilgandi.

Yan Gamachek / Foto: DPA

Chexiya tashqi ishlar vaziri Yan Gamachek ittifoqchi mamlakatlarni Praga bilan birdamlik belgisi sifatida rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishga chaqirdi. Bu haqda Sky News xabar berdi.

«Biz birdamlikni istaymiz va hamkasblarimdan ularning hududlarida ishlaydigan rossiyalik mansabdor shaxslarni chiqarib yuborish imkoniyatini ko‘rib chiqishni so‘radim», — dedi Gamachek.

17 aprelda rasmiy Praga Rossiya maxsus xizmatlarini 2014 yilda Chexiyada o‘q-dori omborxonasidagi portlashga aloqadorlikda gumon qilib, rossiyalik 18 nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Praganing fikricha, ushbu shaxslar Rossiya maxsus xizmatlarining diplomatik niqob ostida ishlovchi xodimlari hisoblanadi.

Rossiya bunga javoban Chexiyaning 20 nafar diplomatini «persona non grata» deb e'lon qildi.

Mavzuga oid
Top