16:27 / 19.04.2021
12953
Superliga FIFA va UEFA’ni sudga berdi

Avvalroq UYeFA Superliga qatnashchilari barcha musobaqalardan chetlatilishi, futbolchilarga esa terma jamoalarda o‘ynash taqiqlanishini bildirgandi.

Yangi tashkil etilgan Yevropa Superligasi ehtimoliy sanksiyalar sababli FIFA va UEFAni sudga berdi, deb xabar qilmoqda AR.

Avvalroq UEFA Superliga qatnashchilari barcha musobaqalardan chetlatilishi, futbolchilarga esa terma jamoalarda o‘ynash taqiqlanishini bildirgandi.

Xabarda aytilishicha, FIFA prezidenti Janni Infantino va UEFA rahbari Aleksandr Cheferin sudga da'vo kiritilganidan xabardor qilingan.

"FIFA va UEFA har qanday klub yoki o‘yinchini tegishli musobaqalardan mahrum qilish uchun jazo choralari ko‘rishidan tashvishdamiz. Bunday noqonuniy harakatdan himoyalanish uchun Superliga tegishli sudlarga da'vo kiritdi", - deyiladi Superliga tomonidan. 

Shu bilan birga, aynan qaysi sudlarga murojaat qilingani aytilmagan. 

Eslatib o‘tamiz, quyidagi jamoalar Yevropa Superligasida ishtirok etishi ma'lum: Ispaniyadan «Real» «Barselona», «Atletiko», Italiyadan «Milan», «Inter», «Yuventus» va Angliyadan «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Tottenhem». 

Top