09:00 / 20.04.2021
2868
Alfraganus'da universal formatdagi savdo joylari

Bizning Uylar Development kompaniyasi Alfraganus ochiq havodagi ko‘ngilochar va savdo majmuasi hududida joylashgan savdo maydonlaridan samarali foydalanish imkoniyatlari haqida ma'lumot berdi.

Alfraganus ochiq havodagi ko‘ngilochar va savdo majmuasi sizga istaganingizdek foydalanishingiz mumkin bo‘lgan yuzlab savdo maydonlarini taklif etadi. Joyning hajmi, texnik parametr va xususiyatlari amalga oshiriladigan faoliyat turiga qarab tanlanadi. Shu maqsadda savdo majmuasidagi binolarning ko‘plab variantlari loyihalangan.

Umumiy ovqatlanish shoxobchalarining formati sifatida markaziy sektorning o‘rta va oxirgi qismlarida joylashgan obektlar tanlangan. Ushbu joy piyodalarga katta yo‘ldan qulay kirishni ta'minlaydi. Taklif etilayotgan joylarning maydoni 60 dan 477 kvadrat metrni tashkil etib, bu sizga katta restoran yoki ixcham fast-food zonasini ochishga imkon beradi. Bino shiftlarining 6 metr balandligi sabab obektning foydali maydonini ikki baravarga oshirib, ikki darajali makonni yaratishingiz mumkin.

Ushbu obektlarni loyihalashda havo almashinuvi hisobga olinib, havo tortish tizimlari o‘rnatilgan. Xuddi shu markaziy sektorda maishiy texnika va elektronika do‘konlari sifatida tavsiya etilgan ko‘plab joylar mavjud. Ushbu do‘konlarning bir chiziqda joylashishi turli jihozlar yoki uning tarkibiy qismlarini qidiradigan xaridorlar oqimini shakllantiradi. Joylar maydoni 33 dan 168 kvadrat metrgachani tashkil qiladi. Fasad va undagi vitrina oynalar mahsulotlarni namoyish etish va xaridorlarni jalb qilishning qo‘shimcha usuli hisoblanadi.

Tavsiya etilgan binolarning uchinchi guruhi – 33 dan 430 kvadrat metr maydongacha bo‘lgan kiyim-kechak, poyabzal va aksessuarlar do‘konlari, shuningdek dizaynerlik salonlari va dizaynerlik butiklaridir. Bunday joylarda asosiy urg‘u do‘kon oynalariga qaratilgan. Ya'ni panoramali oynalar tom ma'noda savdo nuqtasining «yuzi» hisoblanadi. Fasadlarning tashqi bezaklarida uslub va o‘ziga xos me'morlik aks etib, mustahkam materiallar ishlatilgan. Bu yerda joydan ikki darajali makonni amalga oshirish orqali qo‘shimcha podium vitrina, maxsus narx toifasidagi tovarlarni namoyish qilish joyi yoki tovarlarni saqlash uchun omborxona sifatida ishlatish mumkin.

Sotuv ofisida siz binolarning tavsiya etilgan turlari, ularning xususiyatlari to‘liq to‘plami va muayyan obektlarning narxi bilan bog‘liq barcha ma'lumotlarni olishingiz mumkin. Bundan tashqari, 15 mayga qadar xaridorlar 25% gacha bo‘lgan chegirmalar va muddatli to‘lov imkoniyatlaridan foydalanishlari mumkin.

Sotuv ofisi manzili: Toshkent shahri, Mirobod tumani, Qo‘shko‘prik ko‘chasi, 30-uy

Mo‘ljal: «UzBum», China Town restorani

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +99871 210 44 44

Sotuv ofisi har kuni 9:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Sayt: alfraganus.com

Facebook: fb.com/alfraganus.tashkent

Instagram: @alfraganus.uz

Telegram: t.me/alfraganus_tashkent

Reklama huquqi asosida

Top