11:39 / 20.04.2021
2657

Bank mablag‘laridan besamar foydalanganlarga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament axborot xizmatining Kun.uz'ga bergan ma'lumotiga ko‘ra, Chiroqchi tuman bo‘limi xodimlari hududdagi ayrim tadbirkorlar bank mablag‘larini maqsadsiz sarflaganini aniqlagan.
Tergovga qadar surishtiruv davomida «Ch.M.» va «X.F.» oilaviy korxonasi rahbarlari Ch.Yu., G‘.X. va boshqalar rasmiy hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritish orqali ATB «Agrobank» Chiroqchi filialidan ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilish uchun ajratilgan 80 mln so‘m hamda «X.F.» oilaviy korxonasiga ajratilgan 100 mln so‘m mablag‘larni o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborib o‘zlashtirganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top