22:52 / 20.04.2021
10613

Istanbul yaqinida 180 metrlik kema sayozlikka o‘tirib qoldi

Istanbulning Tuzla tumani yaqinida 180 metrlik kema sayozlikka o‘tirib qoldi. Voqea 20 aprelga o‘tar kechasi yuz bergan.

Foto: Anadolu

Sabah nashrining xabar berishicha, sayozlikka Singapur bayrog‘i ostida suzayotgan Hoegh Pusan kemasi o‘tirib qolgan.

Kemani sayozlikdan chiqarish bo‘yicha amaliyot olib borilmoqda. Bu maqsadda uning yoniga qutqaruv qayig‘i va buksir jo‘natilgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan, atrof-muhitga zarar yetmagan.

23 mart kuni Ever Given konteynerovozi Suvaysh kanalida sayozlikka o‘tirib qolib, kanal orqali harakatni bir haftaga to‘xtatib qo‘ygandi.

Mavzuga oid
Top