18:31 / 20.04.2021
3833
Jalaquduqda mas'ullar tomonidan 34 tonna mineral o‘g‘itning talon-toroj qilinishi oldi olindi 

2021 yil 31 yanvar kuni Andijon viloyati Jalaquduq tumanida 34 tonna mineral o‘g‘itning taloj-toroj qilinishi oldi olingan. Bu haqda «O‘zagroinspeksiya» axborot xizmati Kun.uz’ga xabar berdi.

Unga ko‘ra, «Andijon Agrokimyohimoya» korxonasi Jalaquduq filiali mansabdor shaxslari oldindan til biriktirib, 34 tonna ammiakli selitrani markaziy omboridan olib chiqib, fermer xo‘jaliklariga tarqatmasdan, xususiy omborxonaga olib borib tushirayotgan vaqtda ushlangan.

Nazorat tadbiri «O‘zagroinspeksiya»ning Jalaquduq tuman bo‘limi inspektorlari va DXX hamkorligida o‘tkazilgan.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, o‘tgan vaqt davomida holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar DXXga taqdim etilib, filial rahbari va ombor mudiriga nisbatan tegishli huquqiy chora ko‘rilgan. 

Top