16:50 / 20.04.2021
5113
Rossiya Bolgariyaning ikki nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yubormoqda

 Rossiya mart oyida Bolgariyadagi diplomatlari chiqarib yuborilishiga shu tarzda javob qaytardi.

Foto: AP

Rossiya javob chorasi sifatida Bolgariyaning ikki nafar diplomatini persona non grata deb e'lon qildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Bolgariya elchixonasi konsullik xizmatining birinchi kotibi Nikolay Panayotov va savdo-iqtisodiy masalalar xizmatining birinchi kotibi Chavdar Xristozov 72 soat ichida Rossiyani tark etishi lozim.

Rossiya mart oyida Bolgariyadagi diplomatlari chiqarib yuborilishiga shu tarzda javob qaytardi.

O‘shanda Bolgariya harbiy razvedkasining bir necha nafar xodimlari Rossiya foydasiga josuslik qilishda gumonlanib hibsga olingani xabar qilingandi.

Bolgariya tashqi ishlar vazirligi ular Rossiya elchixonasi bilan aloqador ekanligini ma'lum qilgandi.

Top