11:37 / 20.04.2021
2868

Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni mashina urib yubordi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni mashina urib yuborgan. Natijada u tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 19 aprel kuni soat 12:45larda davlat ahamiyatidagi 4R-47 avtomobil yo‘lining Bulung‘ur tumani «Istiqlol» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidan o‘tgan 4-kilometrida piyoda bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Jomboy tumani «Saboloq» MFYda yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan A.J. o‘z boshqaruvida bo‘lgan «VAZ-2106» rusumli avtomashina bilan, Bulung‘ur tumani Mingchinor mahallasida yashovchi, 2011 yilda tug‘ilgan U.M.ni urib yuborgan.

Mazkur yo‘l-transport hodisasi oqibatida U.M. tan jarohati olib, Bulung‘ur tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan Bulung‘ur tumani IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Top