O‘zbekistonda uch oy ichida avtomobil ishlab chiqarish sanoatida eng ko‘p “Cobalt” ishlab chiqarildi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021 yilning yanvar-mart oylarida 12 682 dona “Cobalt” ishlab chiqarilgan.
2021 yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar soni quyidagicha ko‘rinish oldi:
- “Cobalt” - 12 682 dona;
- “Damas” - 12 051 dona;
- “Lacetti-Gentra” - 8 399 dona;
- “Nexia T-250” - 6 958 dona;
- “Labo” - 2 564 dona;
- “Spark” - 1 800 dona.