11:32 / 21.04.2021
6558

Agrobank: Tashkent City'da mobil bank ofisi taqdimoti o‘tkazildi

20 aprel kuni “Agrobank” ATB tomonidan Tashkent City hududida “Mobil bank ofisi: tezkor, ishonchli, innovatsion bank xizmatlari rivojlanishning yangi bosqichida” mavzusida press-tur o‘tkazildi. Unda “Agrobank” ATB Bosh ofisining rahbar va xodimlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Keyingi yillarda mamlakatimiz moliya-bank sohasida ham keng ko‘lamli islohotlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki tomonidan ham transformatsiya jarayonlarini jadallik bilan olib boryapti va aholi va bank mijozlariga tezkor, ishonchli, innovatsion bank xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga katta e'tibor qaratib kelmoqda.

Bu borada bank xizmatlari va mahsulotlari qulayligini oshirish, zamonaviy bank xizmatlarini ishlab chiqish bo‘yicha rivojlangan xorijiy banklar tajribasi muntazam o‘rganib kelinmoqda.

Ayni shu jarayonda xorijiy Sberbank va Ziraatbank tajribasi asosida xizmat ko‘rsatish hududini o‘zgartira oladigan mobil ofislar faoliyati o‘rganib chiqildi. Bankning uzoq yillik rivojlanish strategiyasi va transformatsiya jarayonlarida ham bank tomonidan mobil ofislar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi nazarda tutilgan.

Ushbu mobil ofis jismoniy shaxslarga ko‘plab bank xizmatlardan foydalanish imkoniyatini beradi. Xususan, bankomatdan naqd pul olish, plastik kartalarni to‘ldirish, xalqaro pul o‘tkazmalari, bir martalik to‘lovlar, Uzcard va HUMO plastik kartalari ochish va boshqa bank xizmatlarini taqdim etadi.

Mazkur mobil ofisni tashkil etish maqsadida Agrobank Respublikamizdagi tijorat banklari ichida birinchilardan bo‘lib yurtimizda ishlab chiqarilayotgan ISUZU HD 50 avtobusini belgilangan qonunchilik asosida qo‘shimcha texnik jihozlash natijasida masofa tanlamas ko‘chma bank ofisini yaratdi.

Hozirda ana shu “Agrobank mobil ofisi” Toshkent shahrida  ISUZU HD 50 avtobusi sinov tariqasida xizmat ko‘rsatish uchun barcha kerakli texnik jihozlar bilan ta'minlanib xizmat ko‘rsatishga shay holatga keltirilgan.

Agrobank kelgusida ham aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, bank xizmatlari sohasini rivojlantirish va interaktiv xizmatlarni yanada rivojlantirish yo‘lida o‘zining munosib hissasini qo‘shaveradi.

“Agrobank” ATB Matbuot xizmati

Top