17:38 / 21.04.2021
5494
Bali oroli yaqinida Indoneziya harbiy suvosti kemasi yo‘qolib qoldi

U Bali oroli yaqinida mashg‘ulot o‘tkazayotgan bo‘lgan, ammo belgilangan vaqtda mashg‘ulot natijasi to‘g‘risida ma'lumot berish uchun aloqaga chiqmagan.

Foto: Reuters

Indoneziya harbiy-dengiz kuchlari bortida 53 kishi bo‘lgan suvosti kemasini qidirmoqda, deb xabar berdi Reuters agentligi.

Agentlikning yozishicha, KRI Nanggala 402 suvosti kemasi bilan aloqa yo‘qolgan. U Bali oroli yaqinida mashg‘ulot o‘tkazayotgan bo‘lgan, ammo belgilangan vaqtda mashg‘ulot natijasi to‘g‘risida ma'lumot berish uchun aloqaga chiqmagan.

Indoneziya hukumati Avstraliya va Singapurga kemani topishda yordam so‘rab murojaat qildi.

KRI Nanggala 402 suvosti kemasi 1981 yilda Germaniyada qurilgan.  

Top