08:42 / 21.04.2021
575
Buxoroda Rossiya bilan hamkorlikda sarguzasht film suratga olinmoqda

Buxoro shahri Minorai Kalon ansamblida «Solnse na vkus» («Quyosh lazzati») ko-produksiya  filmining s'yomka jarayonlariga start berildi. 

Kinematografiya agentligiga ko‘ra, kinokartina xayoliy elementlarga va sarguzashtlarga boy bo‘lgan film bo‘lib, qo‘shma prodyuserlik formatidagi birinchi o‘zbek loyihalaridan biri hisoblanadi.

 

S'yomka jarayonlariga O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining 10 nafar talabasi ham biriktirilgan bo‘lib, ular ushbu ko-produksiya loyihasi orqali o‘z tajribalarini oshirmoqdalar.

Filmning postanovkachi rejissyori Eldar Salavatov, rassom Yuriy Fomenko, prodyuserlar Eduard va Kristina Gorbenko, rejissyor Tanya Sulyayeva. Filmda rossiyalik aktyorlar bilan birga o‘zbek aktyorlari ham rol ijro qilmoqda. 

Suratga olish ishlari Moskva, Buxoro, Samarqand va Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Premera esa 2021 yilning kuzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Top