12:31 / 21.04.2021
6952
«Endi iloji yo‘q, bolangni olib ketaver» deyishlaridan qo‘rqib yashayman...». Hindistonda qolgan Jamshidbekka yordam zarur

Jamshidbek 4 yoshda. Shu 4 yilning yarmini – 2 yilini murakkab davolanishlarda, shifokorlarning doimiy nazorati ostida o‘tkazgan. Bugun u ota-onasi bilan Hindistonda, har bir ko‘zga najot bilan tikilib turibdi.

«O‘g‘lim Jamshidbek Qudratillayev 2 yoshigacha o‘ynab-kulib katta bo‘lgandi. Qornida tangadek qattiq joy paydo bo‘ldi va injiqlana boshladi. O‘zimizdagi shifokorlarga ko‘rsatdik, Farg‘ona shahridagi onkologiya markaziga jo‘natishdi. O‘sha yerda dilimizni titratgan tashxisni eshitdik – bolam jigar rakiga chalingan ekan...

Vaziyatdan kelib chiqib, Toshkentga bordik va 8 kurs kimyo terapiya oldik. Bir marta operatsiya qilishga muvaffaqiyatsiz urinishdi ham. Shunda bizga bu kasallikni davolash uchun murakkab operatsiya zarurligi, uni Hindistonda qilish mumkinligini aytishdi. Yaxshi insonlar, homiylar ko‘magi bilan pul to‘plab, 2021 yil 27 yanvar kuni Hindistonga uchib keldik.

Bu yerda ham murakkab kimyo terapiya muolajalarini oldik va operatsiyaga tayyorlana boshladik. Ammo kasallik boshqa a'zolarga xavf solgani uchun ham bu jarayon mo‘ljaldagidan ortiq davom etdi va to‘plagan 17 ming dollar pullarimizni sarflab yubordik. Oldinda yana qancha muolajalar va operatsiya turibdi. Ko‘pchilik bu kasallikda ilinj yo‘q deydi, lekin men bunga ishonmayman, bolamni sog‘-omon olib ketishga umidim bor.

Har onda shifokorning ko‘ziga hadik bilan qarayman, «endi iloji yo‘q, bolangni olib ketaver» deyishlaridan qo‘rqib yashayman. Chunki bunday hollar ham ko‘p bo‘larkan, afsuski. Baxtli insonlar muqaddas Ramazon kunlarida farzandlari bilan bir dasturxon atrofida xotirjam o‘tiribdi va sog‘lik ne'matini balki bizchalik bilmas ham. Lekin men har safar bolamga qaraganimda butun umrim ko‘z oldimdan o‘tadi», – deydi Jamshidbekning otasi Izzatillo Abdurahmonov.

 Azizlar! Savob karrasiga ko‘paytirib beriladigan kunlarda yashayapmiz. Bir yurtdoshimiz farzandi bilan musofirchilikda chekayotgan azobini yengillashtirishga hissa qo‘sha olsak, marra bizniki.

Jamshidbek Qudratillayevga oid ma'lumotlar:

UzCard: 8600060418253424 Xalq banki, ammasi Gulmira Ibragimova nomida

Sberbank: 5469380072618282 qarindoshi Mamirjon Azimov nomida

Abror Zohidov

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top