18:02 / 21.04.2021
11356
General-mayor Bahodir Mirzarahimov IIV departamenti boshlig‘i etib tayinlandi

Prezident qarori bilan, general-mayor Bahodir Mirzarahimov ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar B.Mirzarahimov ichki ishlar vazirining jazolarni ijro etishni ta'minlash va harbiy tuzilmalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Prezidentning joriy yil mart oyi oxirida qabul qilingan farmoniga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi tuzilmasida Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi, Xavfsiz turizmni ta'minlashni muvofiqlashtirish boshqarmasini o‘z ichiga oladigan Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni ta'minlash departamenti tashkil etildi. 

Bundan oldin, general-mayor Azizbek Ikromov ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Ma'naviy-ma'rifiy ishlar va kadrlar bilan ta'minlash departamenti boshlig‘i lavozimiga, polkovnik Bekmurod Abdullayev ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlangandi.

Top