15:27 / 21.04.2021
3069

Global iqtisodiy tiklanish ekologiyaga tahdid sifatida ko‘rilmoqda

2021 yilda global energiya talabi 4,6 foizga o‘sishi kutilmoqda. Bu iqlim va atrof-muhitga yaqinlashib kelayotgan tahdidlarning «dahshatli alomati» sifatida baholanmoqda. Zararli chiqindilar ko‘payishining asosiy omili ko‘mirga bo‘lgan talabning ortishi bilan izohlangan.

Bu yil uglerod (SO2) chiqindilari deyarli besh foizga oshishi prognoz qilinmoqda. Bu ko‘rsatkich 2020 yilga nisbatan 1,5 milliard tonnaga ko‘p hisoblanadi. Xalqaro energetika agentligi (IEA) hisobotiga ko‘ra, bu tarixdagi ikkinchi eng katta o‘sish bo‘ladi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, bu tez iqtisodiy tiklanish natijasida iqlim va atrof-muhitga yaqinlashib kelayotgan tahdidlarning «dahshatli alomati» hisoblanadi. Joriy yilda 2020 yilda sodir bo‘lgan pasayishning taxminan 80 foizi qayta tiklanishi mumkin.

Zararli chiqindilar ko‘payishining asosiy omili ko‘mirga bo‘lgan talab deb baholanmoqda. IEA ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu mahsulotga bo‘lgan talab bu yil 4,5 foizga o‘sadi va 2014 yilgi eng yuqori cho‘qqiga yaqinlashishi mumkin. Tahlilchilar buni katta xavf deb bilishadi. Ular agar hukumatlar chiqindilarni qisqartirishni boshlamasalar, dunyo 2022 yilda atrof-muhitning dahshatli zararlanish holatiga duch keladi, deb ta'kidlashmoqda. 2021 yilda global energiya talabi 4,6 foizga o‘sishi kutilmoqda, ammo neftga bo‘lgan talab 2019 yilgi darajadan pastda bo‘lishi mumkin.

Global energiya talabining taxminan 70 foiz o‘sishi rivojlanayotgan bozorlar va rivojlanayotgan iqtisodiyotlarga to‘g‘ri keladi. Bu yerda talab 2019 yil darajasidan 3,4 foizgacha ko‘tariladi. Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda energiyadan foydalanish pandemiyadan oldingi darajasidan 3 foizga past bo‘lishi kutilmoqda.

Mutaxassislar vodorod sanoati kelajakdagi globallashgan iqtisodiyotning asosini tashkil etishini ta'kidlashmoqda. Bunda vodorod hozirgi ko‘mir, neft va tabiiy gazning o‘rnini egallaydi.

Ma'lumot uchun, vodorod energiyasi quyidagi o‘rinlarda ishlatilishi mumkin:

a) yoqilg‘i sifatida. Vodorod yonishi jarayonida faqat suv bug‘lari ajralib chiqadi. Yonish jarayonida olingan issiqlik energiyasi bevosita issiqlik energiyasi sifatida ishlatilishi ham, shuningdek, issiqlik elektr stansiyalarida elektr energiyaga aylantirilishi ham mumkin.

b) yoqilg‘i elementlari sifatida. Bu elementda vodorod yoqish jarayonisiz to‘g‘ridan to‘g‘ri elektr energiyasi olinadi. Jarayon natijasida faqat toza suv hosil bo‘ladi. Bu elementlardan vodorod avtomobillarida ham foydalaniladi.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2050 yilga borib jahon energetikasidagi vodorod energiyasining ulushi 18 foizni, asr so‘ngida 40 foizdan ortiqni tashkil etadi.

Top