16:00 / 21.04.2021
5204

«Ipak Yo‘li» banki korporativ mijozlar uchun yangi imkoniyat yaratdi

«Ipak Yo‘li» banki mijozlarga to‘lovlar bilan ishlash vaqtini ikki barobar qisqartirishga imkon beradigan «Dibank» xizmatiga ulandi.

Jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish bank muhitida faol sur'at kasb etmoqda va raqobatbardosh ustunlik mijozlarga taqdim etilayotgan qulaylik darajasi bilan belgilanmoqda. «Ipak Yo‘li» banki «Dibank» xizmati bilan integratsiya loyihasini amalga oshirdi, bu bank mijozlariga to‘lovlar bilan ishlashni ikki barobar kamaytirish imkonini beradi.

Endi «Dibank» xizmati yordamida «1S» yoki «Didox»da yaratilgan chiquvchi to‘lov hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri bankka boradi. Va kirim to‘lovlar va hisobvaraqlarni hisobdan chiqarish esa buxgalteriya tizimida avtomatik ravishda «joylashtirilishi» mumkin.

«Venkon» rahbari, Asqar Ismoilov:

– Buxgalteriya hisobini yuritish uchun, Internet-bank tizimidagi barcha operatsiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bir qatorda, buxgalteriya tizimida ularni «qo‘lda» takrorlash kerak. Shunday qilib, siz juda ko‘p vaqt sarflashingizga to‘g‘ri keladi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaslikni va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatolarni bartaraf etishni taklif etamiz.

2021 yil aprelga qadar «Dibank» xizmati O‘zbekistonning yetakchi banklari tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.

Hozirda «Dibank» xizmati «1S»ga ulanish uchun bepul. Rasmiy veb-sayt orqali «Dibank» xizmati haqida batafsil ma'lumot olishingiz va bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar bilan tanishishingiz mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top