10:06 / 21.04.2021
20066
Koronavirus: O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda yana 300dan ortiq holat aniqlanib, bir bemor vafot etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonning 12 hududida 326 holatda koronavirus qayd etilib, bir nafar bemor vafot etgani haqida xabar berdi. Ayni vaqtda shifoxonalarga yotqizilgan bemorlar soni 2200ga yaqin, ulardan 113 nafari o‘ta og‘ir ahvolda qolmoqda.

«2021 yil 20 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 87551 (+326) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 2 nafari Andijon viloyatida,
  • 9 nafari Buxoro viloyatida,
  • 6 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 1 nafari Navoiy viloyatida,
  • 4 nafari Namangan viloyatida,
  • 15 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 75 nafari Toshkent viloyatida,
  • 202 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar,
  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Navoiy viloyatida 2 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 5 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 2 nafar,
  • Toshkent viloyatida 33 nafar,
  • Toshkent shahrida 132 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 84717 (+184) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 640 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2194 nafar bemordan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top