09:00 / 21.04.2021
5514
Manzara turar joy majmuasi: yozda ko‘chib kelishingizga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz

Bizning Uylar Development kompaniyasi poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi Manzara turar joy majmuasining dastlabki obektlarini foydalanishga topshirishga tayyorlanmoqda.

Manzara zamonaviy turar joy majmuasi 4 gektarlik hududga ega keng ko‘lamli loyihadir. 12 ta ko‘p qavatli uyda mingdan ziyod ta'mirlangan xonadonlar o‘z egasini kutmoqda. Turar joy majmuasi qurilishi Yunusobod Business City loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda. Kelajakda turar joy majmuasining aholisi ushbu yirik ijtimoiy obekt rivojlangan infratuzilmasining barcha afzalliklaridan foydalanishlari mumkin.

Ko‘plab yashil maydonlar va manzarali landshaftga ega bo‘lgan obektning keng hududi turar joy majmuasi aholisi uchun mo‘ljallangan. Yopiq ichki hovlilar, bolalar va sport maydonchalari, piyodalar sayr xiyobonlari, shaxsiy avtoturargohlar, videokuzatuv olib boriladigan qo‘riqlanadigan hudud, ko‘plab tijorat ko‘chmas mulk obektlari – bularning barchasi va boshqa ko‘p narsalar kelajakda xonadon egalarining maksimal farovonligini ta'minlash uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, kompaniya energiya tejamkor qurilishning zamonaviy usulidan foydalanadi. Bunday qurilish kelajakda aholiga iste'mol qilinadigan energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirishga imkon beradi.

Majmua aholisi uylari joylashgan maskanni yuqori baholashadi. Bunga sabab ko‘plab maktablar, bolalar bog‘chalari, istirohat bog‘lari, ijtimoiy infratuzilma inshootlari, markaziy avtomagistrallar, jamoat transporti bekatlari va Yunusobod metro yo‘li Manzara turar joy majmuasiga yaqin masofada joylashgan.

Ayni paytda 4 ta uyda pardozlash ishlari, xonadonlarda esa ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Joriy yilning yozida dastlabki 270 ta xonadon foydalanishga topshiriladi.

Manzara turar joy majmuasidagi ko‘chmas mulkni foizsiz muddatli to‘lov asosida xarid qilish mumkin. Obektni foydalanishga topshirishga oz vaqt qoldi. Eng qulay shartlar bilan tayyor, sifatli va ekologik ko‘chmas mulkni xarid qilishga shoshiling. Xonadonlar soni cheklangan.

Manzil: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Chinobod ko‘chasi

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunlarisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Batafsil ma'lumotlarni quyidagi telefon raqamidan olishingiz mumkin: +998 71 210 44 44

Instagram: @bizninguylar

Telegram: t.me/bizninguylar

Facebook: fb.com/bizninguylar

Sayt: bizninguylar.uz

Reklama huquqi asosida

Top