08:47 / 21.04.2021
2232
«O‘zgidromet»ning asosiy vazifalari belgilandi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Gidrometeorologiya xizmati markazi to‘g‘risidagi nizom;
  • Gidrometeorologiya xizmati markazining Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti tuzilmasi.
  • Gidrometeorologiya xizmati markazi respublikada gidrometeorologiya, shuningdek iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit ifloslanishi monitoringi sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organi etib belgilangan.

Nizomda quyidagilar belgilab qo‘yildi:

  • “O‘zgidromet” huquqiy maqomi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
  • “O‘zgidromet” va uning hududiy gidrometeorologiya boshqarmalari huquq va javobgarligi;
  • “O‘zgidromet” rahbarlari asosiy funksional vazifalari va javobgarligi;
  • “O‘zgidromet” faoliyatini tashkil etish tartibi;
  • “O‘zgidromet”ni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta'minlash, xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish.

“O‘zgidromet” joylashgan joyi: Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Bodomzor yo‘li 1-tor ko‘chasi, 72-uy.

Quyidagilar institut faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:

  • davlat budjeti mablag‘lari (institut bino va inshootlarini saqlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha xarajatlarni moliyalashtirish uchun);
  • ko‘rsatiladigan xizmatlardan olingan daromadlar;
  • xalqaro moliya institutlari, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlar grantlari;
  • jismoniy va yuridik shaxslar homiylik xayriyalari;
  • qonunchilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar.

“O‘zgidromet” bosh direktoriga, zarur hollarda, institut tuzilmasiga xodimlar tasdiqlangan cheklangan umumiy soni va mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Hujjat prezidentning 2020 yil 17 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi gidrometeorologiya xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida qabul qilingan.

Top