18:16 / 21.04.2021
9685
Qozog‘iston AQSh fuqarolariga borish tavsiya etilmaydigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi

Borish tavsiya etilmaydigan mamlakatlar ro‘yxatiga dunyodagi davlatlarning 80 foizga yaqinini kiritish rejalashtirilgan.

Foto: Getty Images

Qozog‘iston AQSh fuqarolariga borish tavsiya etilmaydigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda AQSh davlat departamenti hisobotiga tayanib Deutsche Welle xabar berdi. 

Borish tavsiya etilmaydigan mamlakatlar ro‘yxatiga dunyodagi davlatlarning 80 foizga yaqinini kiritish rejalashtirilgan. Davlat departamenti 34 mamlakat, jumladan, Qozog‘iston, Braziliya, Argentina, Haiti, Rossiya, Mozambik, Chad, Kosovo, Keniya va Tanzaniyani to‘rtinchi darajadagi xatarga ega davlatlar, deb topgan. 

Koronavirus sababli amerikaliklarning aksariyatiga Yevropa bo‘ylab sayohat qilishga ruxsat berilmagan. Bundan tashqari, Vashington yaqin kunlarda Yevropa, Xitoy, Braziliya, Eron va Janubiy Afrikada bo‘lgan noamerikaliklarga kirishni taqiqlagan. 

JSST ma'lumotlariga ko‘ra, AQShda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 28 milliondan oshgan. 

Top