19:07 / 21.04.2021
9844
Rossiya AQSh elchixonasining 10 nafar xodimini persona non grata deb e'lon qildi

Elchixonaning 10 nafar xodimi 22 maygacha Rossiya hududini tark etishi lozim.

Rossiya TIV / Foto: RIA Novosti

Rossiya AQSh elchixonasining 10 nafar xodimini persona non grata deb e'lon qildi. Bu haqda Rossiya TIV saytida ma'lum qilindi.

Xabar qilinishicha, AQSh elchisi o‘rinbosari Bart Gorman tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirilgan va unga tegishli nota topshirilgan.

Elchixonaning 10 nafar xodimi 22 maygacha Rossiya hududini tark etishi lozim. Vazirlikning bildirishicha, AQSh sanksiyalariga nisbatan navbatdagi javoblar yaqin kunlarda beriladi.

15 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritish to‘g‘risidagi farmonni imzolagandi. 

Top