16:23 / 21.04.2021
10101
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirish ehtimoli yuqori emas – tahlilchilar

Tahlilchilarning fikricha, Donbassdagi vaziyatdan norozi Kreml qo‘shinlarni joylashtirish va tajovuzkor nutqi orqali Ukrainani yon bosishga majbur qilmoqchi.

Foto: RIA Novosti

Rossiyaning Ukraina chegarasiga joylashtirilgan qo‘shinlari to‘laqonli hujum qilish uchun yetarli emas, deb hisoblamoqda International Crisis Group (ICG) xalqaro inqiroz guruhi tahlilchilari.

«Chegaraga Rossiya tanklari joylashtirilayotganiga qaramasdan, 2014-2015 yillarda Donbassni larzaga solgan qonli janglarning qaytarilishi ehtimoli yuqori emas», — deya qayd etgan harbiy mutaxassislar.

Tahlilchilarning fikricha, Donbassdagi vaziyatdan norozi Kreml qo‘shinlarni joylashtirish va tajovuzkor nutqi orqali Ukrainani yon bosishga majbur qilmoqchi.

Shu bilan birga, tahlilchilarning ta'kidiga ko‘ra, vaziyatdan xavotirlanishi va tashvish bildirishiga qaramasdan, «G‘arbning hech bir davlati Moskva bilan urush qilishni istamaydi».

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya qo‘shinlarining mamlakat bo‘ylab harakatlanishi boshqa davlatlarga tahdid solmasligini va ularni tashvishlantirmasligi kerakligini aytgan.  

G‘arb davlatlari yetakchilari Rossiyani o‘z qo‘shinlarini Ukraina bilan chegaradan olib ketishga chaqirishmoqda, AQSh va NATO esa Ukraina sharqida vaziyat keskinlashgudek bo‘lsa, Kiyevga yordam berishga tayyorligini bildirgan. 

Mavzu
Ukraina mojarosi
2020 yil mart oyi oxirida ukrainalik harbiylar Donbassdan berilgan artilleriya zarbalari qurboni bo‘ldi. Aprel oyi boshida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shinlarini to‘play boshladi.
Barchasi
Top