11:41 / 21.04.2021
1693

Samarqand viloyatida qarzdorligi tufayli 117 kishi va 61ta transport vositasiga qidiruv e'lon qilingan

Foto: KUN.UZ

Samarqand viloyatida qarzdorligi tufayli 117 nafar jismoniy shaxs va 61ta transport vositasiga qidiruv e'lon qilingan. Bu haqda MIB viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Samarqand viloyati bo‘yicha 20 aprel holatiga ko‘ra, 177 nafar jismoniy shaxsga qarzdorligi tufayli qidiruv e'lon qilingan. Qidiruv bo‘limi tomonidan olib borilgan tadbirlar natijasida ulardan 104 nafari topilib, davlat ijrochilariga topshirilgan va tegishli javobgarlik masalasi hal etilgan.

Qolgan 73 nafar qidiruvdagi qarzdor shaxsning 52 nafari xorijga, shundan 45 nafari Rossiyaga, 3 nafari Qozog‘istonga, 3 nafari Turkiyaga va 1 nafari AQShga ishlash maqsadida chiqib ketgan.

Xorijda bo‘lgan 52 nafar qarzdor jismoniy shaxsdan 48 nafari «Minsk konvensiyasi»ga asosan xalqaro qidiruvga berilgan. Qolgan 21 nafar qarzdorni qidirib topish choralari ko‘rilmoqda.

Qayd etilishicha, viloyat bo‘yicha 61ta avtotransport vositasiga qidiruv e'lon qilingan. Mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida 44ta avtotransport vositasi topilgan. Qolgan 17ta qidiruvda bo‘lgan avtotransport vositasini topish bo‘yicha qidiruv tadbirlari olib borilmoqda.

Top