19:23 / 22.04.2021
3398
166ta iste'molchi elektr tarmoqlariga noqonuniy ravishda ulangani aniqlandi – Energetika vazirligi

2021 yil I choragida o‘tkazilgan o‘rganishlarda aniqlanishicha 166 ta iste'molchi elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan. Natijada davlat budjetiga 1 mlrd 825 mln so‘m zarar yetkazilgan.

«O‘zenergoinspeksiya» matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, joylarda o‘rganishlar natijasida iste'molchilar tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish, elektr energiyasidan qoidalarga zid ravishda foydalanish holatlari aniqlangan.

«2021 yil I choragida o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida jami 166 ta iste'molchi tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. 

Ushbu qoidabuzarlik holatlari yuzasidan tizimga yetkazilgan zarar bo‘yicha jami 1 mlrd 825 mln so‘m elektr energiyasi miqdori qayta hisob-kitob qilindi. Bugungi kunda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan undirish ishlari olib borilmoqda», deyiladi «O‘zenergoinspeksiya» ma'lumotida.

Top