17:49 / 22.04.2021
4519
2021 yilning birinchi choragida tovarlar eksporti 25 foizga oshdi

2021 yilning birinchi choragida tovarlar eksporti hajmi (oltin va gazni hisobga olmaganda) o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25 foizga oshdi. Bunda, rangli metallar eksporti 58 foizga, tekstil mahsulotlari – 38 foizga va kimyo mahsulotlari – 21 foizga oshgan.

Jahonda va asosiy savdo-hamkor davlatlarda iqtisodiy faollikning bosqichma-bosqich tiklanib borishi kuzatilmoqda.

Markaziy bank ma'lumotlariga ko‘ra, jahonda iqtisodiy faollikning tiklanib borishi asosiy birja tovarlari narxlarining o‘zgarishida ham o‘z aksini topmoqda. Xomashyo mahsulotlari narxlaridagi o‘sish dinamikasi joriy yilning birinchi choragida tovarlar eksporti hajmining (oltin va gazni hisobga olmagandao‘tgan yilning mos davriga nisbatan 25 foizga o‘sishiga xizmat qilgan. Bunda, rangli metallar eksporti 58 foizga, tekstil mahsulotlari – 38 foizga va kimyo mahsulotlari – 21 foizga oshgan.

Joriy yilning dastlabki uch oyida transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 31 foizga o‘sib, 1,4 milliard dollarni tashkil etmoqda.

Ushbu tendensiyalar, o‘z navbatida ichki valuta bozorining barqarorligiga xizmat qilgan va 2021 yil 1 aprel holatiga milliy valuta almashinuv kursining yil boshidan devalvatsiyasi 0,2 foizni tashkil etmoqda.

Top