16:25 / 22.04.2021
10734

Lukashenko Putin bilan uchrashish uchun Moskvaga yo‘l oldi

Lukashenko va Putin Belarus-Rossiya munosabatlarini, savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qiladi. Bundan tashqari, koronavirusga qarshi kurashish va transport qatnovini to‘laqonli tiklash mavzusida suhbatlashish rejalashtirilgan.

Foto: Andrey Stasevich/BelTA/TASS

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish uchun Moskvaga uchib ketdi. Bu haqda "BelTA" agentligi xabar berdi.

Belarus prezidenti matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari muzokarasining asosiy mavzusi ittifoq borasida bo‘ladi.

Shuningdek, Lukashenko va Putin Belarus-Rossiya munosabatlarini, savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalarini batafsil muhokama qiladi. Bundan tashqari, koronavirusga qarshi kurashish va transport qatnovini to‘laqonli tiklash mavzusida suhbatlashish rejalashtirilgan.

Lukashenko va Putin xalqaro mavzular, mintaqadagi vaziyatni ham muhokama qiladi.

Rossiya va Belarus rahbarlarining oxirgi uchrashuvi 22 fevralda Sochida bo‘lib o‘tgandi.

Mavzuga oid
Top