11:46 / 22.04.2021
4553

Shovot-Gurlan-Amudaryo temir yo‘l liniyasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 12-13 dekabr kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida Shovot-Gurlan-Amudaryo temiryo‘l liniyasini yangidan qurish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. 

Gurlan tumanida ushbu temiryo‘l liniyasi qurilishiga tantanali tarzda tamal toshi qo‘yildi

Tadbirda bosh vazir birinchi o‘rinbosari, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ raisi Ochilboy Ramatov, qurilish vaziri Botir Zokirov, viloyat hokimi Farhod Ermanov va boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etdi.

Gurlan tumani, Sholikor, Olg‘a, Birlashgan, Do‘simbiy qishloqlari hududidan o‘tuvchi Shovot-Gurlan-Amudaryo temiryo‘l liniyasining uzunligi 25 km.ni tashkil qiladi. U Xorazm viloyatini Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumani bilan bog‘laydi.

Top