08:46 / 22.04.2021
623
Yangihayot tumani yangi qiyofa kasb etmoqda
Foto: Yangihayot tumani hokimligi axborot xizmati

Toshkent shahri Yangihayot tumani Al-Farg‘oniy mahallasida 1 oy davomida olib borilgan ishlar natijasida, 5ta ko‘p qavatli uyning fasad qismi yangilandi, 2ta tom joriy ta'mirlanib, ichki ko‘chalarning 983 m² qismiga asfalt, 2100 m² qismiga beton yotqizilgan. 

Mahalla bolalari uchun 3ta bolalar maydonchasi qurilib, 1 ta “Street workout” o‘rnatilgan hamda futbol maydonchasi qurilgan.


 
"Atrofni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida, 1000ga yaqin manzarali daraxt o‘tqazildi, aholi dam olishi uchun 3ta ayvoncha, 12ta o‘rindiq o‘rnatilmoqda. Mazkur ishlarni amalga oshirishda shu kunga qadar 300ga yaqin ishchi, 20dan ortiq texnika jalb etildi. 

Shuningdek, tumanda “Yoshlar bog‘i” sayilgohlari ham tashkil etilmoqda. Yil so‘ngiga qadar 10dan ortiq shunday “Yoshlar bog‘i” sayilgohlari aholining, xususan, yoshlarning dam olishi va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yaratiladi", — deydi Yangihayot tumani hokimligi axborot xizmati.

Bo‘sh maydonga aholining sayl qilishi uchun 1500 m² beton yotqizilib, bog‘ga 17ta yoritkich, 17ta o‘rindiq o‘rnatildi.

Top