07:37 / 22.04.2021
1522
Yil oxirigacha ichimlik suvi ta'minotini yaxshilashga 217 mln dollar sarflanishi kutilmoqda

«O‘zsuvta'minot» AJ 2021 yilda 5 910,2 km uzunlikdagi ichimlik suv tarmoqlari va 559 ta inshootni ishga tushirishi belgilangan.

Illyustrativ foto

Kompaniya axborot xizmatiga ko‘ra, 2021 yil 1 aprel holatiga, 188 mlrd so‘m (20 foiz) miqdorida mablag‘ ajratilib, 108 mlrd so‘m (12 foiz) miqdorida qurilish-montaj ishlari amalga oshirilgan.

Bu mablag‘lar hisobidan 238 km uzunlikdagi ichimlik va 34 km oqova suv tarmoqlari qurilib, rekonstruksiya qilingan.

«2020 yil 28 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga muvofiq, xalqaro moliya institutlari ishtirokida (XMI) umumiy qiymati 2,1 mlrd dollarga teng (shundan, 1,8 mlrd dollar (87 foizi) XMI mablag‘lari) jami 20 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

Xususan, dastur doirasida joriy yilning birinchi choragida 16,4 mln dollar miqdorida xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.

Bu mablag‘lar hisobiga hozirgi vaqtga qadar 62,4 ming kilometr ichimlik suvi quvurlari, 241 ta suv taqsimlovchi inshootlar, 134 ta quduq, 97 ta suv omborlari, 103 ta suv minoralari, 2971,1 kilometr kanalizatsiya quvurlari, 17 ta kanalizatsiya tozalash inshootlari, 143 ta kanalizatsiya nasos stansiyalari qurildi va foydalanishga topshirilgan», – deyiladi «O‘zsuvta'minot» AJ axborotida.

Top