10:41 / 23.04.2021
6813

Abu-Dabi O‘zbekiston fuqarolari uchun majburiy karantinni bekor qildi

Foto: TASS

BAAning Abu-Dabi amirligi ma'muriyati fuqarolari poytaxt Abu-Dabiga kelgandan keyin 10 kunlik majburiy karantinni o‘tashi shart bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatini yangiladi. Unga O‘zbekiston, Tojikiston va Rossiya kiritildi. Ayni vaqtda ro‘yxatdan 20dan ko‘proq davlat joy olgan.      

Cheklovlar amal qilishi 25 apreldan to‘xtaydi. Abu-Dabiga tashrif buyurish uchun koronavirusga manfiy test topshirganlik haqidagi ma'lumotnomaning o‘zi yetarli bo‘ladi.

Ayni vaqtda BAAda koronavirusga chalinganlar soni 500 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Oxirgi sutkada mamlakatda 2 mingdan ortiq kasallanish holati qayd etilgan. Amirliklarda niqob taqish rejimi saqlanib qolmoqda. Qoidabuzarlik uchun 3 ming dirham miqdorida jarima ko‘zda tutilgan.

Top