12:16 / 23.04.2021
7502

Eksportyorlarning debitor qarzdorligi bo‘yicha jarimalar bekor qilindi

2021 yil 1 may holatiga shakllangan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi. Debitor qarzdorlik vujudga kelish muddatlari 1 maydan boshlab yangidan hisoblanadi.

«Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 1 may holatiga shakllangan tashqi savdo operatsiyalari bo‘yicha muddati o‘tgan debitor qarzdorlik uchun xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarga jarimalar qo‘llash to‘xtatiladi. Debitor qarzdorlik vujudga kelish muddatlari 2021 yil 1 maydan boshlab yangidan hisoblanadi.

Shuningdek, chet eldan xorijiy valutadagi tushum tushishi kechiktirilishiga yo‘l qo‘ygan eksportyorlar va «erkin muomalaga chiqarish» bojxona rejimida tovarlarni olib kirish va rasmiylashtirish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishni o‘z vaqtida ta'minlamagan importyorlarga qonunchilikda belgilangan jarima miqdorlari ikki baravarga kamaytiriladi.

Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlikni rivojlantirish va joriy yilda aholi bandligini ta'minlash dasturi ijrosi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida eksport valutasi o‘z vaqtida kelmagani uchun jarima miqdorini ikki baravarga qisqartirish taklifini kiritish bo‘yicha ko‘rsatma bergandi.

Mavzuga oid
Top