14:45 / 23.04.2021
4201

Filologiya fakulteti yangi binoga ko‘chib o‘tdi

Qarshi davlat universiteti Filologiya fakulteti yangi binoga (sobiq akademik litsey binosi) ko‘chib o‘tdi. Bu haqida Kun.uz muxbiriga universitet axborot xizmati xabar bermoqda.

800 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur bino kapital ta'mirlangan. Ushbu binoda o‘quv auditoriyalari, talabalar oshxonasi, Axborot resurs markazi hamda kompyuterlar bilan jihozlangan xonalar mavjud.

Axborot xizmatining ma'lum qilishicha, tez kunlarda hududda joylashgan 100 o‘rinli talabalar turar joyi ta'miri ham o‘z nihoyasiga yetkaziladi.

Top