15:02 / 23.04.2021
7862

Hindistonda koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha ketma-ket ikkinchi kun rekord qayd etildi

Pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirganlar soni 16,2 milliondan oshgan, 186,9 ming kishi vafot etgan.

Foto: Reuters

Hindistonda bir sutkada 332730 ta koronavirus yuqtirish holatlari qayd etildi, bu yangi jahon rekordi hisoblanadi, deb yozmoqda Times of India.

 Nashrning xabar qilishicha, o‘tgan sutka davomida  2263 nafar bemor vafot etgan.

 Mamlakatda bir kun avval 314835 ta yangi holat aniqlangandi.

Pandemiya boshlanganidan buyon koronavirus yuqtirganlar soni 16,2 milliondan oshgan, 186,9 ming kishi vafot etgan.

Mamlakatdagi shifoxonalarda kislorod yetmayotganligi aytilmoqda.

Vaziyat jiddiyligiga qaramasdan, Hindistonda bozor va savdo markazlari yopilmagan, katta to‘ylar o‘tkazishga ruxsat berilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top