11:05 / 23.04.2021
5573

Karantin: Andijon davlat universitetida o‘qish jarayonlari onlayn tartibga o‘tkazildi

Talabalar orasida koronavirus aniqlangani uchun Andijon davlat universitetidagi o‘qish jarayonlari 14 kunlik onlayn tartibga o‘tkazildi. Bu haqda universitet Telegram-kanalida ma'lum qilindi.

Foto: KUN.UZ

«Respublikamiz hududida, COVID-19 kasallanish holati ortayotgani, universitetimiz talabalari orasida ham bunday holatlar aniqlangani sababli 2021 yilning 22 aprel sanasidan boshlab, fakultetlarda o‘quv jarayonlari 14 kunga masofaviy shaklga o‘tkaziladi.

Epidemiologik vaziyat barqarorlashsa, an'anaviy o‘quv jarayoniga qaytish haqida universitet rasmiy sahifalarida ma'lumot beriladi», – deyiladi xabarda.

 

Top