10:09 / 23.04.2021
21334

Koronavirus: O‘zbekistonda yana bir bemor vafot etdi, shifoxonaga yotqizilganlar soni 2400dan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda O‘zbekistonning barcha hududlarida jami 345ta yangi kasallanish holati qayd etilgani va bir bemor vafot etgani haqida xabar berdi.

«2021 yil 22 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 88 280 (+345) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 5 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 5 nafari Andijon viloyatida,
  • 9 nafari Buxoro viloyatida,
  • 8 nafari Jizzax viloyatida,
  • 1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 3 nafari Navoiy viloyatida,
  • 5 nafari Namangan viloyatida,
  • 34 nafari Samarqand viloyatida,
  • 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 1 nafari Xorazm viloyatida,
  • 58 nafari Toshkent viloyatida,
  • 206 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 12 nafar,
  • Buxoro viloyatida 6 nafar,
  • Jizzax viloyatida 4 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,
  • Namangan viloyatida 5 nafar,
  • Samarqand viloyatida 20 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 8 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 3 nafar,
  • Toshkent viloyatida 32 nafar,
  • Toshkent shahrida 134 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 85232 (+225) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 641 nafarni tashkil qildi.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan bemorlar soni 2407 nafarga yetgan, shundan 238 nafari og‘ir, 113 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top