08:45 / 23.04.2021
4590

Navoiyda «Tik-Tok»chilar 10 sutkaga qamaldi

8 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda navoiylik yigitlarning uyatsiz qiliqlar hamda xotin-qizlar sha'niga teguvchi gap-so‘zlari aks etgan videolavha tarqalgandi. Jamiyatda yurish turish qoidalarini buzgan ushbu «Tik-Tok»chilarga jazo tayinlandi. 

13 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi sudyasi O‘tkir Haydarov MJtKning 183-moddasi bilan ushbu holat bo‘yicha to‘plangan ma'muriy ish hujjatlarini ko‘rib chiqqan.

Ma'lum qilinishicha, huquqbuzarlar 08 aprel kuni soat 22:00larda Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, «Afrosiyob» to‘yxonasi yonida uyatsiz qiliqlar va gap-so‘zlar aks etgan videolavhani tasvirga olishgan hamda uni «Tik-Tok» ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirishgan. Ular bu ishi bilan jamiyatda yurish turish qoidalarini buzib, mayda bezorilik sodir qilishgan.

Sud majlisida so‘roq qilingan yigitlar qilmishlariga iqror bo‘lib, pushaymon ekanliklarini bildirishgan. Ularga MJtKning 183-moddasi bilan 10 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Mavzuga oid
Top