10:01 / 23.04.2021
2165

O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 500 mingdan oshdi

22 aprel kuni O‘zbekiston hududlari bo‘ylab jami 23 369 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi. 

«Shu tariqa ayni kungacha mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 510 329 nafarga yetdi», deyiladi vazirlik xabarida. 

22 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Surxondaryo viloyati (4130 nafar),
  • Namangan viloyati (2882 nafar),
  • Toshkent viloyati (2847 nafar),
  • Samarqand viloyati (2604 nafar),
  • Qashqadaryo viloyati (2571 nafar) band qildi. 

Koronavirusga qarshi emlangan jami aholi soni:

  • Farg‘ona viloyatida 70757 nafar, 
  • Namangan viloyatida 54960 nafar, 
  • Andijon viloyatida 50910 nafar, 
  • Samarqand viloyatida 49202 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 42699 nafarni tashkil qilmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top