08:17 / 23.04.2021
4408

Prezident videoselektor yig‘ilishida O‘zbekiston va Yozyovon tumanlari tanqid qilindi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston va Yozyovon tumanlari xizmatlar ko‘rsatish sohasida eng past natijani qayd etgan. Qo‘qon bu borada yetakchi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, o‘tgan yili tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida xizmat sohasiga 1 trillion so‘m imtiyozli kredit resurslari ajratilgani qayd etilgan. Bundan tashqari, tijorat banklari o‘z mablag‘lari hisobidan sohaga qo‘shimcha yana 14 trillion so‘m kreditlar ajratgan.  

"Qaysi hudud, shahar va tumanlar ushbu imkoniyatlardan samarali foydalangan bo‘lsa, o‘z natijasini berdi. Jumladan, Qo‘qon va Shirin shaharlari, Karmana tumanida aholi jon boshiga umumiy xizmatlar hajmi 6,5 million so‘mni tashkil etib, respublika ko‘rsatkichidan yuqori bo‘ldi (6,4 million so‘m). 

Lekin, 26 ta hudud, xususan, Beruniy, Shumanay, Chiroqchi, Qamashi, Guliston, Xovos, Oltinsoy, Qumqo‘rg‘on, O‘zbekiston, Yozyovon tumanlarida bu ko‘rsatkich ancha past (2 million so‘mdan kam)",  - dedi Sh.Mirziyoyev. 

Prezident shuningdek, har bir viloyat hokimi sohadagi ahvol va mutasaddi rahbarlarning mas'uliyatini o‘z hududidagi selektor yig‘ilishlarida tanqidiy muhokama qilishi, 27 nafar rahbarlar lavozimidan olinganligini, 54 nafariga intizomiy jazo berilganligini aytib o‘tdi.

"Shundayam viloyat hokimlari vaziyatni silliqqina o‘tkazyapti, vaziyat shunday davom etsa, hokimlarni o‘zim ishdan olaman», - deya ta'kidlagan Sh.Mirziyoyev

Top