15:47 / 24.04.2021
6594
Markaziy bank raisi 30ta bankka jarima solinganini ma'lum qildi

2020 yilda o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida qonunchilik talablarini buzgan banklarga 8,1 mlrd so‘m jarima qo‘llanilgan. 

Foto: KUN.UZ

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodov 23 apreldagi Senat majlisida banklar va ularning filiallarida kompleks hamda tematik xarakterdagi tekshiruvlar o‘tkazilgani haqida gapirdi, deya xabar qilmoqda Kun.uz muxbiri.

Qayd etilishicha, 30ta bankka 66 holat bo‘yicha jarima sanksiyalari qo‘llanilgan.

«2020 yilda kredit tashkilotlari faoliyatini masofaviy nazorat qilish bilan bir qatorda banklar va ularning filiallarida kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bank xatarlarini, ya'ni moliyaviy yo‘qotishlarni baholash yondashuvida kompleks va tematik xarakterdagi tekshiruvlar ham o‘tkazib borildi.

Tekshiruvlar natijalariga ko‘ra:

  • Markaziy bank tomonidan 2020 yil mobaynida bank qonunchiligi talablarini buzganligi uchun 30ta bankka nisbatan 66ta holat bo‘yicha jami 8,1 mlrd so‘m miqdorida jarima sanksiyalari;
  • 5ta bankka nisbatan ayrim bank operatsiyalarini amalga oshirishni vaqtinchalik taqiqlab qo‘yish choralari qo‘llanildi», dedi tashkilot raisi.

Avvalroq, banklar tomonidan asossiz undirilgan 445 mln so‘m mablag‘ fuqarolarga qaytarib berilgani xabar qilingandi.

Shuningdek, Markaziy bank tomonidan bank xizmatlari iste'molchilarining huquqlarini himoya qilish borasida 2020 yilda 30ta tijorat bankidan 730 mln so‘mlik jarima undirilgan.

Top